» » » Ark Guruhi - Shumi bizni sevgi (qoshiq matni)

Скачать : Ark Guruhi - Shumi bizni sevgi (qoshiq matni) в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте Tophit.uz без регистрации mp3

Ark Guruhi - Shumi bizni sevgi (qoshiq matni)

Ark Guruhi - Shumi bizni sevgi (qoshiq matni)

Hammasi Ertakdagi edi bizda boshida,
Gullar uchrashuvlar oy nurlari ostida.
Orzular ko`p edi sandan ko`nglim to`q edi,
Go`yoki bu dunyoda bizdan baxtli yo`q edi.
Bir Birimiz tushunardik ortiqcha gap so`zsiz,
Tongacha gaplashrdik kechalari uyqusiz.
Tong otsa shoshar edim yana sen tomonga,
Kutib turardim kelishing bekat yoniga.
Sen ham kelarding men tomonga asta jilmayib,
Yangi boshlangan kunimga quvonch hadya etib.
Keyin birga ketardik kechgacha aylanardik,
Uyga tarqalib yana tongacha gaplashardik.
Mabil ham charchamasdi sanga qo`ng`iroq qilib,
Mayin ovozingsiz yurak urardi xo`rsinib.
Shirin suxbat qilardik kelajakni o`zida,
Azgina tortishardik to`yimiz borasida.
Hayol ketardi to`ydan keyin yana oliska,
U yerda farzandlarimiz bilan biz birga.
Birga bo`lishimizni o`ylasam quvonardim,
San bilan baxtga yetishimga man ishonardim.
Bizni bu sevgidan hamma edi hayratda,
Osmondan qarab havas qilar Rameo va Jelietta,
Keyin nima bo`ldiyu anig`ini bilmadim,
yoki san boshqacha yoki man sal o`zgardim.
Ucharshadigan bo`ldik bir haftada bir marta,
Telfoning doim band yoki doiradan tashqarida.
Kech qo`lingda gumon hayollarim sarson,
Yuragimda sog`inch unutish emas oson.
Chidolmasdan Sog`inchga shoshardim sen tomonga,
Yana kutardim kelishingni yana bekat yoniga.
Mana turibman bekat yonida seni kutib,
Sen esa kelarding o`ziga qo`lini tutub.
Boshimda ming hayol tariflashga til ojiz,
Taqdirga na sabab shumi bizni sevgimiz,
Ko`zimni yumar edim qilinglar hatolarga,
Ahamiyat bemasdim shubhayu gumonlarga.
Ahir chindan sevardim ishonmay dunyolarga,
Endichi bilsam bugun ishonibman yolg`onlarga.
Naqorat
Shumi bizni sevgi, shumi bizni sevgi.
Turarding yonginamda meni borligim sezmay,
Ko`ka yetkan yuragim faryodini eshitmay.
Hayoling qayerdadur lekin aniq mandamas,
Mani borligim sani hayolinga ham kelmas.
Qo`lingni tutkan o`zga qo`l asta beling quchadi,
Yuragimda g`azab masofa qisqaradi,
Osha o`zga inson sani bag`riga bosib,
Yuragimni parchalardi sandan bo`sa olib.
Hisiyot jo`sh uradi lablar labga tegadi,
Osha paytda bizni sevgimizga dars etadi.
Sen esa beparvosin bilib qo`ygin san faqat,
Senga begona endi or nomus vafo uyat.
O`tmishda manga quvonch ulashgan mayin kulging,
Vadayu vafoga to`la yolg`onchi gaplaring,
Yana qancha insoni o`ziga ishontirgan,
Hayronman bu qiz qachon shuncha ishga ulgurgan.
Keyin esa to`satdan qayrilib sen men tomon,
Menga qarab turarding sen ham men kabi hayron.
Tutashdi bir soniyaga bizni nigohimiz,
yig`lardi boshi berk ko`chaga kirgan sevgimiz.
Chegaralab bo`lmasdi sanga bo`lgan nafratim,
Butun vujudim bilan sandan irganardim,
Sanga bo`lgan sevgim yonib kul bo`ldi nafratda,
Hayron boqadi osmondan Rameo va Jelietta.
Aytkin menga nega shuncha azob kimga,
Foyda keltiradi anglash qiyin buni menga,
Nima foyda topding sevgimiz yoqotding,
hayronman tushonalmadim nima edi maqsading.
Naqorat
Shumi bizni sevgi, shumi bizni sevgi.
Hammasi Ertakdagi edi bizda boshida,
Gullar uchrashuvlar oy nurlari ostida.
Orzular ko`p edi sandan ko`nglim to`q edi,
Go`yoki bu dunyoda bizdan baxtli yo`q edi.
Baxtiz yakun topdi bizni sevgi etagimiz,
Boshi berk ko`chada jon berardi sevgimiz.
Hammasi tugagandi o`sha kuni bekatda,
Osmonda turib yosh to`kar Rameo va Julietta.
скачать dle 12.1

На сайте TopHit.uz можно скачать и послушать Ark Guruhi - Shumi bizni sevgi (qoshiq matni) на высоком качестве и конечно же абсолютно бесплатно и без каких либо регистрации.

Здесь можно скачать бесплатно песню Ark Guruhi - Shumi bizni sevgi (qoshiq matni) и другие песни

Похожие песни и клип