» » Ummon guruhi - Meni aldadi (Qo‘shiq matni)

Скачать : Ummon guruhi - Meni aldadi (Qo‘shiq matni) в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте Tophit.uz без регистрации mp3

Ummon guruhi - Meni aldadi (Qo‘shiq matni)

Ummon guruhi - Meni aldadi (Qo‘shiq matni)

Men seni boshqacha deb, o‘ylardim o‘zgacha,
Lek sen ham ekansan oddiy, sen ham ekansan o‘sha-o‘sha.
Aytgin bunchalar arzon bizni bog‘lab turgan rishtalar,
Bahosi bunchalar ham yolg‘on ko‘zlaring qarosi.

Seni so‘zlaringda yo‘q haqiqat,
Men oxiri shunga bo‘ldim iqror.
Men senga hamma sirlarim yig‘ib,
Aytib bergan ekanman bekor.

Bugun yolg‘iz o‘zim dardlarimni,
Yomg‘irlarga aytib ovunaman.
Sen meni tashlab ketgan jarlikdan,
Albatta bir kun kelib qutulaman.

Qaytib kelganda bahor,
Erib ketganda so‘ngi yog‘gan qor,
Bog‘lar ichra takror,
Ko‘risholmaymiz diydor.

Lablari meni aldadi,
Tubsiz zulmatga tashladi.
Oxir yolg‘iz qoldirib,
Hatto xayrlashmadi.

Men seni boshqacha deb o‘ylardim, shu kungacha,
Kuzatmasdim, tekshirmasdim, ishonardim o‘tgan tungacha.
Afsus shuncha yil adashib kelgan ekanman bugungacha.

Shu kungacha men senga borimni berdim azizam,
Bir umr birga bo‘lamiz, bo‘lasan rafiqam deb o‘ylardim,
Afsus adashdim, seni tanlab adashdim.

Kimlar nimalar demadi sen haqingda,
Men esa yoningni olib, bo‘ldim yoningda.
Kulgim kemasa ham kuldim kuldirganingda,
Kuysang besh battar kuydim yuragim tubida.

Ortimizdan gapirganlar bo‘ldi haq,
U esa aldardi ko‘zlarimga tik qarab.
Uzun qizil tirnoqlari bilan yuragimga,
Ismin yozib ketdi atay o‘chmas qilib tirnab.

Olisdagi bahtlilar,
Yordam qo‘lin beringlar.
Bahtsizlikdan charchadim,
Meni olib ketinglar.

Yolg‘izgina Allohim,
O‘zingdursan guvohim.
Yolg‘izlikdan charchadim,
O‘zing bo‘lgin panohim.

So‘z demay ketgani,
Xanjardan battar botdi
Yuragimga, tuyg‘ularimga.

Malham bo‘lib kelmadi,
O‘zidan qolgan bitmas
Yaralarimga, alamlarimga.

Qaytib kelganda bahor,
Erib ketganda so‘ngi yog‘gan qor,
Bog‘lar ichra takror,
Ko‘risholmaymiz diydor.

Lablari meni aldadi,
Tubsiz zulmatga tashladi.
Oxir yolg‘iz qoldirib,
Hatto xayrlashmadi.
скачать dle 12.1

На сайте TopHit.uz можно скачать и послушать Ummon guruhi - Meni aldadi (Qo‘shiq matni) на высоком качестве и конечно же абсолютно бесплатно и без каких либо регистрации.

Здесь можно скачать бесплатно песню Ummon guruhi - Meni aldadi (Qo‘shiq matni) и другие песни

Похожие песни и клип