» » » Botir Qodirov - Musofir (Qo‘shiq matni)

Скачать : Botir Qodirov - Musofir (Qo‘shiq matni) в MP3 - слушать музыку онлайн на сайте Tophit.uz без регистрации mp3

Botir Qodirov - Musofir (Qo‘shiq matni)

Botir Qodirov - Musofir (Qo‘shiq matni)

Qoshi qora ko'zlaring qora
Yulduzisan qaysi osmonning
Eslolmasang o'zim eslatay
Bolasisan O'zbekistonning!

Qachon kelding, bu yerga o'zi
Ne maqsadda, daydib yuribsan
Anchagina ulg'ayibsanku
Qorayibsan, ozib tozibsan

Jilg'alarsiz daryo quriydi
Daryoyingni qo'yma unutib
Yur barini eslaymiz birga
Aylantiray qo'lingdan tutib

Yodingdami beshiging o'g'lim
Bundan xali xiding ketmagan
Mahallangni yo'liga qara
Bundan xali izing ketmagan

Qara onang tandir yonida
Yopayapti sen uchun kulcha
Etagidan ajramasdingku
Sog'intirding sen uni buncha

Akang bilan uchurgan varrak
Oq osmondan tusholmayapti
Opang seni sog'inib yig'lab
Tishlaganin yutolmayapti

Ohirgi bor qachon eshitding
To'ylardagi yor-yorni o'yna
Bor hayolan do'stlaring bilan
O'rtaga tush quloch yoz o'yna

Hayit bayramini sog'inib
Oqqizdingku ko'zing yoshini
Senga asrab charchadi yangang
Arafaning shirin oshini

Qara o'sha tanish choyxona
Choylashib gasht qilar keksalar
Ko'rding otang kulolmayapti
Yo'lga qarab seni axtarib

Ammang xolang amaking tog'ang
Tarqatyapti sumalaklarni
Nahot sog'inmading jon bolam
Navruzdagi kamalaklarni

Bolam deysan tilingda ming bor
Qo'lingda dars ko'tarolmaysan
Kechirsa ham bir kun ayoling
Sen o'zingni kechirolmaysan

Musofirning qadri bo'lmaydi
Musofirning qabri bo'lmaydi
Musofirning musofirlikdan
O'tadigan dardi bo'lmaydi

Tish qayrama yomon dema hech
Seni katta qilgan Vatanni
Ket deydilar eshigin tepib
Beshigin buzgan odamni

Yashnamaydi novda ildizsiz
Tomiring suv ichgan yerga bor
Otang qurgan yo'llarni yashnat
Uy yoniga yana bir uy sol

Yaxshilik qil yurtingni yashnat
Qo'ldan berma shunday imkonni
Sen hech kimdan kam emassan bil
Bolasisan O'zbekistonni
Bolasisan O'zbekistonni
скачать dle 12.1

На сайте TopHit.uz можно скачать и послушать Botir Qodirov - Musofir (Qo‘shiq matni) на высоком качестве и конечно же абсолютно бесплатно и без каких либо регистрации.

Здесь можно скачать бесплатно песню Botir Qodirov - Musofir (Qo‘shiq matni) и другие песни

Похожие песни и клип