» » “Salobatli texnikalar” bahsi: “Chirchiq” poligonida tank biatloni bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tadi


9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab “Chirchiq” poligonidagi xalqaro standartlarga mos tarzda bunyod etilgan maydonda 1—5-may kunlari O‘zbekiston Mudofaa vazirligi miqyosida Tank biatloni bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Musobaqaning tantanali ochilish marosimi ertaga, 1-may kuni soat 09:00 da bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, 5-may kuni soat 09:00 da boshlanadigan final bahslari davomida zamonaviy va Ikkinchi jahon urushi yillaridagi harbiy texnikalarning namoyishi, harbiy san’atkorlar tomonidan taqdim etiladigan konsert dasturi ham bo‘lib o‘tadi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati