» » Farg‘onada mahalla posboni qo‘shnisini urib, o‘ldirib qo‘ydi

Farg‘onada mahalla posboni qo‘shnisini urib, o‘ldirib qo‘ydi

Farg‘onada mahalla posboni qo‘shnisini urib, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA
Rahmonjon Ortiqov Furqat tumanidagi “Chek ko‘prik” mahalla fuqarolar yig‘inida jamoatchilik tuzilmasi rahbari vazifasida ishlardi. U 2018-yil 27-oktyabr kuni soat 22.00larda hamqishlog‘i bilan spirtli ichimlik ichib, uyiga qaytayotganida mast bo‘lgan qo‘shnisi K.Sodiqov bilan o‘zaro gap talashib, janjallashadi. Janjal davomida K.Sodiqov mahalla posbonining yuz qismiga boshi bilan urib, yengil tan jarohati yetkazgan.
R.Ortiqov qo‘shnisini tinchlantirish o‘rniga mushtlashishni davom ettirib, qo‘l va oyoqlari bilan yuzi va badanining turli joylariga bir necha marotaba urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan. K.Sodiqovning murdasi yo‘l chetidan oqib o‘tuvchi zovur ichidan topilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida R.Ortiqovning yashash xonadonidan bir juft oyoq kiyim va yonib ketgan kiyimlarning qoldiqlari xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olingan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Furqat tuman sudida R.Ortiqovning jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, unga Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.