» » “Ayaks” Chempionlar Ligasida “Real” va “Bavariya” natijasini takrorladi

“Ayaks” Chempionlar Ligasida “Real” va “Bavariya” natijasini takrorladi

“Ayaks” Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalining safarda kechgan bahsida “Tottenhem”ni yengdi (1:0).

Foto: Twitter/@AFCAjax
Bu amsterdamliklarning joriy mavsum mazkur musobaqaning pley-off bosqichida mehmonda qozonilgan 3-g‘alabasi bo‘ldi. Avvalroq “Ayaks” Madridda bo‘lib o‘tgan 1/8 finalida “Real”ni (4:1), 1/4 finalida esa “Yuventus”ni Turinda mag‘lubiyatga uchratgandi (2:1).
Shu tariqa “Ayaks” Yevropa Chempionlar Ligasining bitta mavsumida pley-off bosqichining mehmonda kechgan barcha o‘yinlarida g‘alabaga erishgan uchinchi jamoa bo‘ldi.
Avvalroq “Bavariya” 2012/13-yilgi mavsumda, “Real” esa 2017/18-yilgi mavsumda ushbu natijani qayd etgandi.
Qayd etish joiz, ikkala jamoa ham o‘sha yillarda musobaqa chempioniga aylangandi.