» » APL. Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

APL. Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

Angliya Premyer ligasida aprel oyining eng yaxshi murabbiyi nomiga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Foto: Twitter/@premierleague
Mazkur nomga Xosep Gvardiola (“Manchester Siti”), Yurgen Klopp (“Liverpul”), Skott Parker (“Fulhem”) va Nunu Eshpiritu Santu (“Vulverhempton”) da’vogarlik qilmoqda.
“Manchester Siti” aprel oyida 5 ta o‘yin o‘tkazib, ularning barchasida raqibini mag‘lub etdi (umumiy hisob — 9:1). “Liverpul” esa 4 ta uchrashuvda 4 ta g‘alabaga erishdi (umumiy hisob — 12:1).
Joriy mavsum Premyer ligada o‘z o‘rnini saqlab qololmagan “Fulhem” klubi 4 ta bellashuvda maydonga tushib, 3 ta g‘alaba qozondi va 1 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi.
“Vulverhempton” esa 5 ta o‘yinning 3 tasida raqibidan ustun kelgan bo‘lsa, 1 ta bahsda yutqazdi va bittasida durang natija qayd etdi.

Angliya chempionatida aprel oyining eng yaxshi murabbiyi nomiga da’vogarlar ro‘yxati:

  • Xosep Gvardiola (“Manchester Siti”) — 5 ta o‘yin, 5 ta g‘alaba (gollar nisbati — 9:1)
  • Yurgen Klopp (“Liverpul”) — 4 ta uchrashuv, 4 ta g‘alaba (gollar nisbati — 12:1)
  • Skott Parker (“Fulhem”) — 4 ta bellashuv, 3 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat
  • Nunu Eshpiritu Santu (“Vulverhempton”) — 5 ta o‘yin, 3 ta g‘alaba, 1 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat