» » PSJ 9 yil ichidagi eng yomon natijasini qayd etdi

PSJ 9 yil ichidagi eng yomon natijasini qayd etdi

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 34-turida PSJ mehmonda “Monpelye”ga mag‘lub bo‘ldi (2:3).

Foto: Reuters
Natijada parijliklar safarda kechgan ketma-ket 3 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi. Parij klubida bunday holat 9 yil ichida birinchi marta kuzatilmoqda. PSJ avvalroq “Nant” (2:3) hamda “Lill”ga imkoniyatni boy bergandi (1:5).
Parijliklar 2009/10-yilgi mavsumning dekabr-yanvar oylarida mehmonda bo‘lib o‘tgan ketma-ket 4 ta o‘yinda yutqazgandi.
Ta’kidlash joiz, PSJ joriy mavsum chempionlikni muddatidan avval qo‘lga kiritdi.