» » Shimoliy Karolinada universitetda yuz bergan otishma oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Shimoliy Karolinada universitetda yuz bergan otishma oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi  

Shimoliy Karolinadagi universitet kampusida yuz bergan otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Foto: “TASS”
Jabrlanganlarning ikki nafari og‘ir ahvolda ekanligi aytilmoqda. Ular hozirda kasalxonaga joylashtirilgan.
Universitet rahbariyati kampus hududidagilarga xavfsiz joyga bekinishni tavsiya qilgan.
Hodisa joyiga qutqaruv xizmatlari yetib borgan.
Otishmaga aloqadorlikda gumonlanib, bir kishi qo‘lga olingan. Ma’lum qilishlaricha, bu 22 yoshli Tristan Endryu Terrel. Unga qarshi ayblov ilgari surilgan.