» » Kaliforniyada teraktning oldi olindi. Sobiq harbiy Yangi Zelandiyadagi masjidlarga hujum uchun javob qaytarmoqchi bo‘ldi

Kaliforniyada teraktning oldi olindi. Sobiq harbiy Yangi Zelandiyadagi masjidlarga hujum uchun javob qaytarmoqchi bo‘ldi

Kaliforniyada politsiya Long-Bichdagi namoyish davomida terakt sodir etishni rejalashtirgan sobiq harbiy xizmatchi Mark Domingoni qo‘lga oldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: Daily News
26 yashar Domingo 26-aprel kuni, asli agent bo‘lgan bo‘lgan shaxsdan bomba sotib olganidan so‘ng ushlangan. Terakt 27—28-aprel kunlariga mo‘ljallangandi.
Domingo onlayn-chatlarda Yangi Zelandiyadagi masjidlarga hujum uchun javob qaytarish zarurligi haqida fikr bildirganidan so‘ng maxsus xizmatlar e’tiborini jalb qildi. U dastlab olomonga avtomat quroldan o‘q uzishni rejalagan, biroq keyinchalik bomba portlatishga qaror qilgan.