» » AQSh o‘z samolyotlarining Venesuela ustidan uchishini chekladi

AQSh o‘z samolyotlarining Venesuela ustidan uchishini chekladi

AQSh hukumati mamlakat aviakompaniyalariga 48 soat ichida eng tezkor yo‘llar bilan Venesuela havo hududini tark etishni tavsiya qildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.

Boeing OC-135B
Foto: Wikimedia.org
Shu bilan birga, barcha AQSh samolyotlarining maxsus buyruq chiqqunga qadar Venesuela ustidan 8 ming metrdan pastlab uchishi ham taqiqlangan.
AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi o‘zining bunday qarorini Venesuelada siyosiy beqarorlik va keskinlik kuchayib borayotgani bilan izohlagan.
Avvalroq Venesuela poytaxti Karakas va boshqa bir qator shaharlarda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan edi. Namoyishlar bir guruh harbiylar Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydoni qo‘llab-quvvatlaganidan so‘ng boshlangan.