» » YChL. “Barselona” o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qiladi

YChL. “Barselona” o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qiladi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/2 finali ikkinchi juftligining dastlabki bahsi bugun “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tadi.

Foto: Goal
Unda Ernesto Valverde boshliq “Barselona” klubi Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” jamoasi bilan kurash olib boradi.
Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, kataloniyaliklar musobaqaning chorak finalida “Manchester Yunayted”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. Mersisayd klubi esa “Portu” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozongandi (6:1).
YChL
1/2 final bahsi
1-may, chorshanba

“Barselona”—“Liverpul” 00:00